64-xalqaro “Gullar festivali” arafasida bir qator xorijiy davlatlarning elchilari Namanganga tashrif buyurmoqda
2025-05-24 19:10:00 / Yangiliklar

Martabali mehmonni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qabul qildi.
Samimiy va konstruktiv ruxda o‘tgan suhbatda keyingi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining qat’iy siyosiy irodasi va do‘stona munosabatlari tufayli o‘zaro hamkorlik kengayib borayotgani, bu o‘z navbatida ikki Davlat xalqlari farovonligi uchun xizmat qilayotgani e’tirof etildi.
Namangan va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida kelgusida ham savdo-iqtisodiy, tadbirkorlik, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish xususida fikr almashildi.
Elchi Namanganga ilk marotaba kelishi ekanligini, xalqaro “Gullar festivali” bu hudud bilan tanishuvi uchun ayni muddao bo‘lishini ta’kidladi.
Mehmonga festival ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.



