Namanganlik o‘quvchilar “Zakovat” turnirida g‘olib bo‘lib, 100 million so‘mni qo‘lga kiritdi
2025-05-11 20:10:00 / Yangiliklar

Yoshlar o‘rtasida bilim va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichi nihoyasiga yetdi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan mazkur musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan saralangan 42 ta jamoa ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan bellashuv yakunlariga ko‘ra, Chust tumanidagi 52 - umumta’lim maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, 100 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joizki, yaqinda Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tgan "Zakovat" turnirining mamlakat bosqichida Namangan shahridagi 1 - ixtisoslashtirilgan maktab - internati jamoasi ham birinchi o‘ringa loyiq topilib, 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati



