YOSHLAR TURIZM HAFTALIGI
2025-04-22 09:25:00 / Yangiliklar

Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari, Turizm boshqarmasi boshlig‘i Botir Nuritdinov ochib berdi.Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning yoshlar o‘rtasida targ‘iboti,turizm sohasidagi yangi qaror va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi hamda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Jumladan, yoshlar viloyatda turizm salohiyatini oshirish, yo‘l va transport infratuzilmasini rivojlantirish, tumanlardagi tog‘li hududlarda kemping va turistik zonalarni ko‘paytirish, tashrif buyuruvchilarga viloyat va tumanlardagi katta-kichik turistik obyektlarni ko‘rsatish, turizm majmualarini QR kodli tizimlashtirish va ommalashtirish kabi masalalarda o‘zlarining taklif va savollarini berib o‘tdilar.
Tashabbuskor yoshlarning takliflari diqqat bilan tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli yechimlar ishlab chiqildi.






