Mamlakatimizda 10 apreldan 10 maygacha “Toza havo” oyligi tadbiri davom etadi
2025-04-22 09:35:00 / Yangiliklar

Namangan davlat texnika universitetida viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan “Toza havo” oyligi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida oylikning bir yilda ikki marotaba o‘tkazilishi, atmosfera havosining ifloslanish darajasi hamda uning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilib, asosiy e’tibor, avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar bilan ifloslanishni kamaytirish va bunda davlat nazoratini kuchaytirish, avtomobillarga yoqilg‘i quyish, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, yo‘llarda atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishiga erishishga qaratilganligi tushuntirib o‘tildi.
Shundan so‘ng atmosfera havosidagi oksidlarni o‘lchovchi maxsus texnikalarni ham ishlatish borasida tushuntirishlar berildi. Muloqot bahs munozaraga boy bo‘lib, talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.
Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.






