Qulupnay — Uchqo‘rg‘onning tashrif qog‘ozi
2025-04-20 14:25:00 / Yangiliklar

Uchqo‘rg‘onda bu yil 2500 gektar maydonda qulupnay pishdi! Dehqonlarimiz yil sayin bilim va tajriba oshirib, qulupnay yetishtirish bo‘yicha haqiqiy mutaxassislarga aylanib bormoqda.
Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlaridan olib kelingan eksportbob navlar mahalliylashtirilib, hosildorlik va ta’m jihatidan yuqori standartlarga javob beradigan mahsulot yetishtirilmoqda.
Uchqo‘rg‘on qulupnaylari faqat yurtimizni emas, balki Kengsay chegara postidan o‘tib — Qirg‘iziston orqali Qozog‘iston, Rossiya va Xitoy bozorlariga ham yo‘l olmoqda. Bu esa nafaqat eksport, balki mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlamoqda.
E’tiborlisi, har yili o‘tkazilayotgan Qulupnay festivali nafaqat mahalliy aholini, balki xorijlik turistlarni ham jalb qilmoqda.









