Xalqaro “Gullar festivali” Namangan brendiga aylandi!
2025-04-15 14:35:00 / Yangiliklar

To‘rtinchi hokimiyat sifatida e’tirof etilgan OAV sohasi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojida bevosita faol ishtirokchi hisoblanadi. Viloyatning har tomonlama taraqqiy etishi, obodonchilik, turizm, xalqaro darajadagi festivallarni keng targ‘ib etishda ularning munosib hissasi bor.
Yangi Namangan tumanidagi “Axsikent” mehmonxonasi konferens zalida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda yaqinlashib kelayotgan 64-xalqaro “Gullar festivali”ga puxta tayyorgarlik ko‘rish va nishonlash masalasi asosiy e’tiborda bo‘ldi. Bu borada OAV xodimlari, jurnalist va blogerlarning takliflari tinglandi.
Xususan, festival doirasida amalga oshiriladigan obodonlashtirishdan tortib, madaniy tadbirlarni tashkil etish, turizm yo‘nalishida yangi lokatsiyalarni yaratish, targ‘ibot-u faollarni rag‘batlantirishgacha bo‘lgan masalalar yuzsidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. “O‘zbekiston 2030” strategiyasining "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi va ekologiya masalalari ham qamrab olindi.
Viloyat rahbari xalqaro “Gullar festivali” Namangan brendiga aylangan ekofestival ekanligini, shundan kelib chiqib, bu yilgi tadbirlarga o‘ziga xos tarzda puxta tayyorgarlik ko‘rish lozimligini ta’kidladi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









