Ispaniyalik arxitektorlar Axsikent arxeologiya parkiga tashrif buyurishdi
2025-04-13 13:40:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati delegatsiyasi 2 mart - 7 aprel kunlari mobaynida Road Show tadbirlarini Yevropaning 17 ta, jumladan, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Vengriya, Polsha, Belgiya, Gollandiya, Turkiya, Chexiya, Slovakiya davlatlarida tashkil etib, Namangan viloyatining turistik salohiyati, 64-Xalqaro gullar festivali targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Ziyolilar, mahalliy OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida Axsikent arxeologiya parki kitobi taqdimotlari o‘tkazildi.
Madridda O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Farrux Tursunov bilan uchrashuv turizm, logistika va sanoat sohasida Namangan-Ispaniya hamkorligi masalasi muhokama qilingandi.
Ushbu tashrif natijasi o‘laroq Axsikentga Ispaniyadan mehmonlar tashrif buyurishdi
Mehmonlarga qazishma ishlari, Axsikentning yonidan oquvchi Sirdaryo darosi o‘ng qirg‘og‘ida barpo etilayotgan ekoturistik va gastronomik turizm infratuzilmasi, sog‘lomlashtirish yo‘lakchasi haqida ma’lumot berildi
Hozirda daryo qirg‘og‘ining yuqori qismida loyiha ishlar davom ettirilib, qirg‘oq va dambani mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi
Daryo qirg‘og‘i va unga yo‘ldosh 4 kilometrlik yo‘l barpo etilishi natijasida Axsikent yodgorligi va Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasi qisqa yo‘l bilan ulanadi. Bu manzilda turizm va an’anaviy hunarmandchilik qishlog‘i barpo etiladi.
Hozirda Axsikent arxeologiya parki tarkibida Yangi Axsi majmuasida osori-atiqalar muzeyi, Nodir qo‘lozmalar markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu manzilda 10 mingdan ortiq nodir artefaktlar hamda 4 mingdan ortiq noyob qo‘lozmalar mavjud. Yangi qurilishlar natijasida Hunarmandlar markazi, kutubxona quriladi.









