Namanganlik Fazliddin Erkinboyev — jahon chempioni!
2025-04-06 09:20:00 / Yangiliklar

31 mart — 5 aprel kunlari Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida bo‘lib o‘tgan World Boxing kubogida yurtimiz bokschilari yana bir bor o‘z mahoratlarini butun dunyoga namoyish etishdi.
Ulkan yutuq! Namangan viloyati vakili Fazliddin Erkinboyev 75 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi!
Umumiy hisobda erkaklar terma jamoamiz 10 ta vazn toifasidan 8 tasida sovrindorlar safidan o‘rin oldi. Shulardan 5 nafar bokschimiz chempionlik shohsururiga ko‘tarilishdi!
Oltin medal sohiblari:
• 50 kg — Asilbek Jalilov
• 75 kg — Fazliddin Erkinboyev
• 80 kg — Javohir Ummataliyev
• 90 kg — To‘rabek Xabibullayev
• +90 kg — Jahongir Zokirov
Ushbu natijalar orqali terma jamoamiz umumjamoa hisobida musobaqa g‘olibiga aylandi. Mezbon Braziliya ikkinchi, Qozog‘iston uchinchi o‘rinni egalladi.
Muborak bo‘lsin, chempionlar!
O‘zbekiston boksi yana bir marta dunyo sahnasida o‘z so‘zini aytdi!









