Xalqaro hamkorlik
2025-04-09 12:05:00 / Yangiliklar

Ma’lumot uchun: “Hua Yu Holding Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan 6 yil davomida qurib bitkazilgan “Yangi Guyang” shaharchasi 100 gektar maydonda qurilgan bo‘lib, unda 500 ming nafardan ortiq fuqarolar istiqomat kiladi. Mazkur majmuada Xitoy davlatidagi eng katta savdo markazi (shopping mall), egizak biznes markazi, mehmonxona, ta’lim, tibbiyot muassasalari, sun’iy ko‘l va favvoralar barpo etilgan bo‘lib, 70 mingdan ortiq doimiy ishchi o‘rinlari yaratilgan, kuniga 200 mingdan ortiq odamlar tashrif buyuradi.
Shuningdek, kompaniya rahbari Chjou Fu bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida 2024-yil 9 dekabr kuni Guyang shahrida Namangan viloyati hamda “Hua Yu Holding Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan umumiy qiymati 900 mln. dollarlik "Yangi Namangan shaharchasi"da turar-joy majmuasi qurish loyihasi muhokama qilindi. Kompaniya rahbari tomonidan loyiha ishlarini boshlash uchun ishchi guruhi joriy yilning may oyida Namangan viloyatiga yuborilishi va amaliy ishlarni boshlash ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun:“Hua Yu Holding Co., Ltd” kompaniyasi 2005-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda 25 ming ortiq xodim faoliyat olib boradi, kompaniya tomonidan eko shaharchalar ko‘p qavatlik biznes sentrlar kurish bilan shug‘illanadi.Xitoyning TOP 50 talik ro‘yhatiga kirgan. Kompaniyaning yillik aylanmasi 1.9 mlrd.AQSh dollarini tashkil etadi.



