Bir sinfdagi 23 nafar sinfdosh-o‘quvchilar xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi
2025-04-03 21:25:00 / Yangiliklar

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchilarining barchasi ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro va milliy sertifikatlar (IELTS, CEFR) sohibiga aylandi. Bu yutuq ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan tajribali ustoz va murabbiylarning samarali mehnati natijasi sifatida e’tirof etilmoqda. O‘g‘il - qizlar shu bilan cheklanib qolmasdan, matematika, fizika, tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan ham milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritish hamda muddatidan avval talabalik imkoniyatiga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. Yorqin kelajak sari munosib tamal toshi qo‘yayotgan iqtidor egalarining kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati


