Dalalarda dastlabki ekilgan chigit unib chiqdi
2025-04-01 15:00:00 / Yangiliklar

To‘raqo‘rg‘on tumanida 89 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan joriy yilda 3060 gektar maydonda paxta, 4876 gektarda g‘alla yetishtirish maqsad qilingan. 1489 gektar paxta maydoni tomchilatib, 750 gektar g‘allazor yomg‘irlatib sug‘orishga moslashtirildi.
1255 gektar maydonga esa plonka ostiga chigit ekish rejalashtirilgan, hozirgacha 40 foiz maydonda bu agrotexnik tadbir bajarib bo‘lindi. “Zumrad, Ibrat” fermer xo‘jaligida 20 mart kuni yerga qadalgan urug‘ unib chiqdi. G‘o‘zaning erta rivojlanishi, kasallik va begona o‘tlarga kamroq chalinishi, hosilning barvaqt pishib yetilishi kabi ustunliklar bilan bu usul muhimdir. Endilikda ochiq maydonlarga jadal suratlarda chigit joylashtirilmoqda.
Shu bilan birga g‘allazorlarni oziqlantirish, turli zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish uchun biolaboratoriyada trixogramma, oltinko‘z, brakon tayyorlab qo‘yildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.









