“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida
2025-03-18 12:50:00 / Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligida sinalgan va hamisha o‘zini oqlab kelgan ushbu tartib yerdan samarali foydalanish, yuqori va sifatli mahsulot yetishtirish manbaidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda agrar sohada aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish maqsadida qabul qilingan PQ-20-sonli qarori asosida beshta mahalla fuqarolariga Qodirobod massividan jami 90 nafar auksion g‘oliblariga yer berilgandi.
Shundan "Qodirobod" mahallasining 40 nafar fuqarolari o‘z tajribalari asosida turli ekinlar qatorida qulupnay ekishgan. O‘tgan yili 10 sotix yerdan o‘rtacha 25- 30 mln. so‘mdan daromad olindi.
Bahorning shu kunlarida “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida 10 gektarlik maydonda qizg‘in mehnat hukmron. Hademay ular yetishtirgan hosil ichki bozorlarni egallab, xorijga ham eksport qilinadi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.









