Men kim Bobur avlodi
2025-02-14 12:15:00 / Yangiliklar

Ushbu sanani keng nishonlash to‘g‘risidagi Namangan viloyati hokimi belgilagan chora-tadbirlar rejasiga asosan keng ko‘lamli ishlar olib borildi.
Axsikent Zahiriddin Muhammad Bobur kindik qoni to‘kilgan va 12 yoshida taxtga o‘tirgan shahar sifatida tabarrukdir. Shu bois har yilgidek, bu yerda viloyat va To‘raqo‘rg‘on tumani hokimliklari, Axsikent arxeologiya parki va bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida «Men kim Bobur avlodi” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.
Ma’naviyat va ma’rifat bayramiga aylanib ketgan anjuman gavhari sifatida Namangan viloyat teatri tomonidan sahnalashtirilgan chiqish e’tirofga sazovor bo‘ldi, shoir va tuman madaniyat bo‘limi vakillari Bobur hayoti hamda ijodini tarannum etdilar. Taniqli rassom Alijon Turdialiyevning suratlar ko‘rgazmasi barchaning e’tiborini tortdi. Ziyoratchilar ochiq osmon ostidagi muzeydagi yangiliklar bilan tanishdilar.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov, tuman hokimi o‘rinbosari Ikromjon Parpiyev, yoshlar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.









