64-xalqaro “Gullar festivali”ga tayyorgarlik boshlandi!
2025-01-31 17:45:00 / Yangiliklar
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Gullar festivali”ga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

Viloyat rahbariga festival oʻtkaziladigan manzillarda barpo etiladigan gul kompozitsiyalari loyihalari taqdim etildi. Xususan, Usmon Nosir nomidagi hiyobon, “Tinchlik hiyoboni”, Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻi hududida yaratiladigan manzara koʻrinishlari batafsil oʻrganildi.
Viloyat hokimi bu yil 64-marotaba oʻtkaziladigan xalqaro festivalga munosib tayyorgarlik koʻrish, bunda betakror va maftunkor dizaynlar yaratish, festival mazmun-mohiyatini yanada boyitish yuzasidan masʼullarga koʻrsatma va topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









