“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
2025-01-18 19:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 16-yanvar kuni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblar orasida “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat organi” nominatsiyasida "Hududgaz ta’minoti" AJ, "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali diplom bilan taqdirlandi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati




