KAMOLIDDIN RAHIMOV QO‘SHIQLARI FESTIVALI
2025-01-11 21:00:00 / Yangiliklar

Bugun Kamoliddin Rahimov nomidagi Namangan shahar 11-son BMSM tashabbusi bilan, O‘zbekiston Xalq artisti Kamoliddin Rahimovning 82 yilligiga bag‘ishlab, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan iste’dod egalari uchun "Kamoliddin Rahimov qo‘shiqlari" Respublika festivalining 2-mavsumi o‘tkazildi.
Respublikamizdagi 100 dan ziyod qo‘shiqchilar ishtirok etib,uch yosh toifasida bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra har bir yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari,diplom hamda medallar bilan taqdirlandilar.









