NAMANGAN TO‘QIMACHILIK SANOATI INSTITUTIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
2025-01-09 18:25:00 / Yangiliklar

Ta’lim hamda tajriba almashinuv maqsadida oliy ta’lim dargohiga tashrif buyurgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov boshchiligidagi vakillar o‘zaro hamkorlik, zamonaviy ta’lim integratsiyasi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor masalalar doirasida muloqot o‘tkazdilar. Barcha tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, bir qator maktab va maktabgacha ta’lim direktorlariga institutning ta’lim yo‘nalishlari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berilib, talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar hamda texnologiyalar namoyish etildi. Hamkorlik doirasidagi masalalar yuzasidan fikr almashinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati









