PUBG MOBILE: Pop tumanida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
2024-12-26 19:30:00 / Yangiliklar
Bugun ushbu musobaqaning tuman bosqichida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, barcha yoshlarga omad tiladi.

— Eng yaxshi o‘yinchilarni bir joyga to‘plab, ularga o‘z mahoratlarini namoyish etish va chempionlik unvoni uchun kurashish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi, — dedi viloyat rahbari. - Ishonchimiz komilki, ushbu musobaqa nafaqat O‘zbekistonning jahon kibersport hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlaydi, balki o‘yinchilarning yangi avlodini yuqori natijalarga erishishga ilhomlantiradi.






