Yangi Namangan tumanida University of Business and Science universiteti qad rostladi
2024-11-15 12:57:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida nodavlat taʼlim muassasalari soni yana bittaga koʻpaydi. Tumanning “Oromgoh” mahallasida bunyod etilgan mazkur xususiy universitet “Best stroy-2020” MCHJ pudratchiligi asosida barpo etilgan.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur yangi oliy taʼlim muassasasi faoliyati bilan tanishdi.
Taʼkidlash joiz, 1200 oʻringa moʻljallangan ushbu muassasada 2 smenada 2000 nafarga yaqin talabalar 33 yoʻnalishda tahsil olishmoqda. Oʻquvchilarga 210 nafar professor va malakali ustozlar dars bermoqda, ular orasida chet ellik pedagoglar ham mavjud. Shuningdek, Afrika, Germaniya, Finlyandiya, AQSH, Turkiya hamda MDH davlatlari professor oʻqituvchilari masofadan turgan holda oʻquv mashgʻulotlar olib borishmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati






