Namangan viloyati shahar va tuman hokimliklari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi
2024-11-06 19:45:00 / Yangiliklar

Namangan shahridagi Yoshlar markazida “Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” shiori ostida Namangan viloyati shahar va tuman hokimliklari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Ushbu oʻyinda shahar va tuman hokimliklari xodimlaridan tuzilgan jami 13 ta jamoa 20 ta savol asosida 2 taymda oʻtkazilgan intellektual oʻyinda gʻoliblik uchun kurash olib bordilar.
Yakuniy natijalarga koʻra:
1-oʻrin-Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimligi;
2-oʻrin-Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligi;
3-oʻrin-Kosonsoy tumani hokimligi jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
Namangan shahar hokimligi Axborot xizmati.









