TADBIRKORLAR BILAN OÇIQ MULOQOT: MUAMMOLARGA YEÇIM, TAŞABBUSLARGA QÖLLOV
2026-11-11 22:30:00 / Yangiliklar

Bugun - Çorşanba va anʼanaga köra, «Yangi Namangan şaharçasi»dagi «Congress hall» körgazmalar zalida Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov, viloyat prokurori Umirbek Madrahimov, viloyat IIB boşliği Şuhrat Aliyev 40 nafardan ziyod tadbirkorning murojaatlarini tingladi.
Uçraşuvda tadbirkorlar yer maydonlari ajratiş, kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş, soliq, kredit, elektr energiyasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş bilan boğliq masalalarni kötardilar. Şuningdek, yangi loyihalar va mavjud işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş böyiça takliflar bildirildi.
Xususan, Davlatobod tumanidan kelgan tadbirkor Bobirmirzo Isayev faoliyatini kengaytiriş maqsadida «Food truck» loyihasini amalga oşiriş uçun yer maydoni ajratilişida amaliy yordam söradi. Ayni paytda 10 dan ortiq turdagi mahsulot işlab çiqarayotgan tadbirkorning taʼkidlaşiça, loyiha amalga oşsa, yana 3 ta yangi iş örni yaratiladi.
— Murojaatim yuzasidan viloyat hokimi masʼullarga tegişli topşiriq berdilar. Loyihamiz amalga oşişi uçun yaratilayotgan imkoniyat va eʼtibordan mamnunman. Buning uçun viloyat rahbariga minnatdorçilik bildiraman, — deydi tadbirkor Bobirmirzo Isayev.
Viloyat hokimi har bir murojaatni masʼullar iştirokida körib çiqib, muammolarni hal etiş, ayrimlarini joyiga çiqqan holda örganiş böyiça tegişli topşiriqlar berdi.
Oçiq muloqotning asosiy maqsadi — tadbirkorning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, mavjud tösiqlarni bartaraf etiş va yangi iş örinlari yaratilişiga kömaklaşişdir. Zero, tadbirkorga yaratilgan imkoniyat hudud iqtisodiyoti rivojiga xizmat qiladi.









