TADBIRKORLAR MUAMMOLARI TINGLANDI: YANGI LOYIHALAR VA IŞ ÖRINLARI UÇUN ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
2026-11-04 20:15:00 / Yangiliklar

Navbatdagi oçiq muloqot bugun «Yangi Namangan şaharçasi»da joylaşgan «Körgazmalar zali» (CONGRESS HALL)da bölib ötdi.
Unda Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov boşçiligida viloyat prokurori Umirbek Madrahimov, viloyat Içki işlar boşqarmasi boşliği Şuxrat Aliyev 70 nafardan ziyod tadbirkor bilan yuzma-yuz uçraşib, ularning murojaatlarini tingladilar.
Muloqot davomida işbilarmonlar tomonidan yer maydonlari ajratiş, kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş, soliq masalalari, imtiyozli kreditlardan foydalaniş, elektr energiyasi va kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş hamda işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş bilan boğliq qator masalalar kötarildi.
Masalan, Çust tumanidan kelgan tadbirkor Samandar Qöçqorov korxona faoliyatini kengaytiriş va yangi işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş böyiça murojaat qildi.
— Korxonamizda bugungi kunda 30 dan ortiq turdagi temir-beton mahsulotlari işlab çiqariladi. Buning uçun viloyat rahbariga yer maydoni ajratilişi masalasida murojaat qildim. Loyiha amalga oşsa, qöşimça 50 ta yangi iş örni yaratiladi. Şuningdek, köpriksozlik sohasida işlatiladigan temir-beton mahsulotlarini işlab çiqarişni yölga qöymoqçimiz. Murojaatimiz yuzasidan viloyat hokimi tegişli mutasaddilarga topşiriq berdilar. Buning uçun viloyat rahbariga öz minnatdorçiligimni bildiraman, — deydi tadbirkor Samandar Qöçqorov.
Oçiq muloqot davomida har bir murojaat masʼul mutasaddilar iştirokida atrofliça körib çiqildi. Kötarilgan masalalarning yeçimi yuzasidan tegişli taşkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, ayrim murojaatlarni joyiga çiqqan holda örganiş böyiça kelişib olindi.









