ITALIYA BILAN HAMKORLIKNING YANGI ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
2026-11-04 19:45:00 / Yangiliklar

Muloqotda Özbekiston va Italiya örtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, xususan, mehnat migratsiyasi, taʼlim, qişloq xöjaligi va investitsiya yönalişlarida yangi loyihalarni amalga oşiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Namangan viloyatida mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalaniş, fuqarolarni Italiyada qonuniy va munosib iş bilan taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Şu maqsadda 2027 yilda qişloq xöjaligi sohasi uçun mavsumiy işçilarni jalb qiliş, yangi iş beruvçi kompaniyalar bilan hamkorlikni yölga qöyiş böyiça takliflar bildirildi.
Şuningdek, Italiya mehnat bozori talablariga mos tibbiyot xodimlarini tayyorlaş, hamşiralik yönalişidagi mutaxassislarga italyan tilini örgatiş, viloyatda italyan tiliga ixtisoslaşgan maktab taşkil etiş hamda Pavia universiteti bilan qöşma taʼlim dasturini joriy qiliş istiqbollari körib çiqildi.
Uçraşuvda Namangan viloyatida Italiya–Namangan hamkorlik markazini taşkil etiş taşabbusi ham ilgari surildi. Mazkur markaz orqali ikki tomonlama aloqalarni tizimli yölga qöyiş, italiyalik işbilarmon doiralar bilan töğridan-töğri muloqotni kengaytiriş va yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, Italiya va Namangan viloyati örtasidagi aloqalarni barça sohalarda yanada rivojlantiriş, hamkorlikni tizimli yölga qöyiş maqsadida Rim şahrida Namangan viloyatining vakolatxonasini taşkil etiş böyiça ham kelişuvga erişildi. Mazkur vakolatxona ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş, yangi hamkorlarni jalb qiliş va istiqbolli loyihalarni amalga oşirişda muhim köprik vazifasini ötaşi kutilmoqda.
Viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov Italiya bilan hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, mavjud imkoniyatlarni aniq loyihalarga aylantiriş va özaro manfaatli taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.
Uçraşuv yakunida belgilangan yönalişlar böyiça hamkorlikni izçil davom ettiriş va takliflarni amaliy bosqiçga olib çiqiş yuzasidan fikr almaşildi.



