NAMANGANDA KASABA UYUŞMALARI FEDERATSIYASI VILOYAT KENGAŞINING III MAJLISI BÖLIB ÖTDI
2026-10-24 08:05:00 / Yangiliklar

Majlisda Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisining örinbosari Qobiljon Qirğizaliyev, tarmoq kasaba uyuşmalari viloyat, şahar va tuman kengaşlari, yirik boşlanğiç taşkilotlarning raislari, Davlat va nodavlat taşkilotlari rahbarlari iştirok etdilar.
Dastlab Kengaş aʼzolari orasidan majlis işçi hayʼati, kotibiyati, sanoq komissiyasi tarkibi saylab olindi. Şundan söng, kun tartibidagi masalalarga ötildi.
Hozirga vaqtga qadar viloyat Kengaşi raisi vazifasida işlab kelgan X.Xojayevning salomatligi yomonlaşganligi tufayli lavozimidan ozod etiş böyiça ariza bilan qilgan murojaati qanoatlantirildi.
Uning bevosita boşçiligida ötgan 5-yil içida kasaba uyuşmalari faoliyatining barça yönalişlari böyiça qator ijobiy işlar amalga oşirilgani eʼtirof etildi.
Şundan söng, Sultanov Azamjon Mahmudoviç bir ovozdan Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Namangan viloyati Kengaşi raisi hamda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Boş Kengaşi tarkibiga vakil etib saylandi.
Majlisda taʼkidlanganidek, kasaba uyuşmalari xodimlar va iş beruvçilar örtasidagi munosabatlarda ijtimoiy hamkorlikni taʼminlaş, mehnat jamoalari manfaatlarini himoya qiliş va işçi-xodimlarning huquqiy kafolatlarini mustahkamlaşda muhim örin tutadi.
Şundan kelib çiqib, kasaba uyuşmalari faoliyatini yanada takomillaştiriş, mehnatkaşlar manfaatlarini taʼminlaş va belgilangan vazifalar ijrosini samarali taşkil etiş yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.









