Qamçiq dovonida 66 million yevrolik yirik turizm loyihasi amalga oşiriladi
2026-10-23 20:45:00 / Yangiliklar

Loyiha taşabbuskori — «Aişa Home Group», boş pudratçisi — «JBA Group» kompaniyasi. Umumiy qiymati 66 million yevro bölgan mazkur loyiha 140 gektar maydonni qamrab oladi.
Loyiha doirasida quyidagi turistik infratuzilma obʼyektlarini barpo etiş rejalaştirilgan:
▫️Dor yöli va dengiz sathidan 2 500 metr balandlikdagi yuqori platforma;
▫️300 örinli zamonaviy mehmonxona;
▫️300 örinli restoran;
▫️Qişki sport maydonlari va tomoşa maydoni;
▫️Bolalar maydonçasi va avtoturargoh;
▫️Deltaplanda uçiş imkoniyatlari;
▫️Turistlar uçun yotoqxona.
Viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov loyiha taqdimoti bilan tanişib, viloyatning turistik salohiyatini yanada oşiriş, mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etiş hamda hududning jozibador turistik manzil sifatidagi imkoniyatlarini kengaytiriş masalalariga alohida töxtaldi.
Mazkur loyiha amalga oşirilişi Qamçiq dovoni hududida turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, yangi dam oliş maskanlarini taşkil etiş va hududning sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.









