Quruvchilar bilan ochiq muloqot: loyihalarni tezlatish, yangi takliflarni qo‘llab-quvvatlash ta’kidlandi
2026-10-17 21:15:00 / Yangiliklar

Har haftaning shanba kunlari davom etayotgan an’anaga ko‘ra, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, muammolarini tingladi.
"Yangi Namangan shaharchasi"dagi "Ko‘rgazmalar zali"da bo‘lib o‘tgan muloqotda 2026 yil davlat dasturlari doirasida olib borilayotgan qurilish ishlarining bajarilishi ham muhokama qilindi.
Dastlab, tadbirkorlar viloyat rahbariga qurilish sohasida o‘zlari rejalashtirgan yangi loyihalarni taqdim etdilar. Shuningdek, quruvchi tadbirkorlarning muammo va takliflari birma bir tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi. Ijrosi muddat talab etadiganlari bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilanib, bajarilishi nazoratga olindi.
Uchrashuv davomida, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida har bir obyekt holati tanqidiy tahlil qilindi.
Viloyat hokimi Davlat dasturlari doirasidagi qurilish ishlarini belgilangan mudatda bajarish, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









