«G‘amxo‘rlik» markazi: mehnat, imkoniyat va mustaqil hayot sari
2026-10-17 15:35:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu markazda boʻlib, Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilayotgan ijtimoiy islohotlarning joylardagi ijrosi, yaratilgan sharoitlar hamda yashovchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va mustaqil hayotga tayyorlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.
320 o‘ringa mo‘ljallangan maskanda bugungi kunda 25 dan ortiq kasbiy va tadbirkorlik loyihalari faoliyat yuritmoqda. Ularda 200 nafardan ziyod yashovchi mehnat bilan band.
Parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik, gidroponika, nonvoylik va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilgan mashg‘ulotlar orqali fuqarolarning amaliy ko‘nikmalari rivojlantirilib, mehnat orqali hayotda yangi imkoniyatlar yaratishiga sharoit yaratilmoqda.
Markazda ijtimoiy moslashuv va mustaqil hayotga tayyorlash masalasi ham ustuvor. Xususan, «murabbiy kuzatuvidagi xonalar» va kichik hajmli uylar tizimi orqali 54 nafar kishi bosqichma-bosqich mustaqil hayotga tayyorlanmoqda.
Pop tumani hokimligi
Axborot xizmati









