«Ayollar daftari»ning 7-bosqichidagi amaliy ishlar muhokama qilindi
2026-10-16 18:00:00 / Yangiliklar

Unda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, huquq-tartibot organlari vakillari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda «Ayollar daftari»ning 7-bosqichi doirasida xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish va turmush sharoitini yaxshilash izchil e’tibor talab etadi. Bu borada «Ayollar daftari»ga kiritilgan har bir xotin-qizning muammosini chuqur o‘rganish, ehtiyojidan kelib chiqib manzilli yordam ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yig‘ilish davomida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish va ko‘rsatilayotgan yordamlarning natijadorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









