“Namangan zargarlik klasteri”da yangi investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda
2026-10-15 19:05:00 / Yangiliklar

Milliy bank tomonidan tashkil etilgan klaster hududida Dubay va Hindiston investorlari — KARUPPAIAH SINGARAVEL va MOSTAFA HAMED ELNEIL ASIM MOHAMED ELFAKKI ishtirokida “Modern Gold Jewelry Manufacturing” xorijiy korxonasi tashkil etildi. Loyiha doirasida rangli metallarni qayta ishlash va tayyor mahsulotni eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Yiliga 1,5 tonna rangli metall qayta ishlanib, 600 million dollarlik eksport hajmiga erishish ko‘zda tutilgan.
Loyiha 200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratadi. Shuningdek, zargarlik maktabi tashkil etiladi. Bu hududdagi yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish va malakali kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
Tayyor mahsulotlar Singapur, Hindiston va arab mamlakatlari bozorlariga yetkazib beriladi.
Davlatobod tumani hokimligi
Axborot xizmati






