CHUSTDA YANGI 200 MILLION DOLLARDAN ORTIQ INVESTITSIYAVIY LOYIHA AMALGA OSHIRILADI
2026-10-15 16:10:00 / Yangiliklar
Chust tumanida sanoatni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va aholi bandligini ta’minlash borasida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasining Raising Sun Technology Co. Ltd kompaniyasi tomonidan Chust tumanida materiallar uchun bo‘yoqlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona barpo etish rejalashtirilgan. Uch bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan mazkur loyihaga jami 200 million dollardan ortiq investitsiya kiritish maqsad qilingan.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumani erkin iqtisodiy zonasi hududida mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Ta’kidlanishicha, loyihaning birinchi bosqichida 85 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 500 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Korxona faoliyatini ekologik talablar asosida tashkil etish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
Mazkur investitsiyaviy loyihaning amalga oshirilishi Chust tumanining sanoat salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Chust tuman hokimligi
Axborot xizmati




