Tadbirkorlar murojaatlari manzilli ravishda o‘rganilmoqda
2026-10-14 21:55:00 / Yangiliklar

O‘rganishlar davomida Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi bilan ham tanishildi.
Qiymati 3,8 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha doirasida hududga 300 ta dekorativ chiroq hamda daraxtlar va yashil maydonlarni yoritish uchun 250 ta maxsus chiroq o‘rnatiladi. Shuningdek, ochiq sahna va tadbirlar maydonchasi rekonstruksiya qilinib, kirish arkalari zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi.
Loyiha natijasida 20 ta tadbirkorlik subyekti faoliyatini kengaytirish, 6 ta yangi xizmat ko‘rsatish va servis obyektini tashkil etish hamda 110 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
Viloyat rahbari amalga oshirilayotgan ishlarni sifatli bajarish, belgilangan muddatlarda yakunlash va hududning jozibadorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berdi.
Namangan shahar hokimligi
Matbuot xizmati






