“Do‘stlik” tennis kortidagi rekonstruksiya ishlari sifati ko‘zdan kechirildi
2026-10-13 17:40:00 / Yangiliklar

Loyiha doirasida majmuaning asosiy fasadi to‘liq yangilanishi, mehmonxona, restoran, sauna barpo etilishi, shuningdek, 8 ta ochiq va 2 ta yopiq tennis korti rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, yashil hududlar barpo etish, piyodalar yo‘laklari va zamonaviy infratuzilmani yaratish ishlari davom etmoqda.
Viloyat hokimi qurilish ishlarining sifati, loyihaviy yechimlar hamda obodonlashtirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratib, mutasaddilarga qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat bilan yakunlash, sportchilar va muxlislar uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy sport majmuasini barpo etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









