Tayinlov
2026-10-12 20:50:00 / Yangiliklar

Isfandiyor Ulug‘boyev 1992-yilda Chust tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2014-yilda Namangan davlat universitetini, 2023-yilda esa Namangan davlat texnika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — tarix va iqtisodiyot.
Mehnat faoliyatini xalq ta’limi tizimida boshlab, keyinchalik Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limida samarali faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Namangan shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining tashkiliy nazorat va tahlil bo‘limi bosh mutaxassisi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasida Davlatobod tumani bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasida bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur tayinlov Namangan viloyati hokimining tegishli qarori asosida amalga oshirildi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati
