Namangan turizmining yangi drayverlari
2026-10-12 10:45:00 / Yangiliklar

Erkin va ochiq muloqot shaklida oʻtgan tadbirda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, soha ekspertlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda talabalar viloyat turizmini rivojlantirishga qaratilgan amaliy, innovatsion va kreativ gʻoyalarini taqdim etdilar.
Jumladan, "Yosh gidlar akademiyasi" ("Smart Guide Lab") loyihasini taklif qilib, viloyatda xorijiy tillarni biladigan zamonaviy gidlarga boʻlgan ehtiyojni qoplash maqsadida qisqa va intensiv amaliy kurslar tashkil etish loyihasi ilgari surildi.
Turizm boshqarmasidan ekspertlarni mentor sifatida biriktirish va memorandum imzolash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida “Namangan Tourism Cup” olimpiadasi tashkil qilish loyihasi doirasida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu talabalar olimpiadasi eng yaxshi startaplar, raqamli marketing loyihalari, mahoratli yosh gidlar va turizm salohiyatini yorituvchi blogerlar musobaqasini oʻz ichiga oladi.
Raqamli va ekoturizm loyihalari bo‘yicha, talabalar tomonidan hudud turizmini raqamlashtirishga qaratilgan virtual navigatsiya tizimlari, "Uzbekistan Quest" mobil oʻyini, "Raqamli detoks", "Yashil sayohat" hamda "Gastronomik xarita va taʼmlar pasporti" kabi qator kreativ startaplar taqdimoti oʻtkazildi.
Tadbir yakunida turizm sohasida yuqori faollik koʻrsatgan hamda eng yaxshi ratsionalizatorlik takliflarini bergan yoshlar viloyat hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Viloyat hokimi oʻrinbosari yoshlarning gʻoyalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga va kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.




