Qurilish va turizm loyihalari ijrosi muhokama qilindi
2026-10-10 18:35:00 / Yangiliklar

Davlatobod tumanidagi «Congress hall» asosiy zalida o‘tgan muloqotda 2026 yilgi davlat dasturlari doirasidagi qurilish obyektlarining holati, ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi muhokama qilindi. Tadbirkorlar ko‘targan masalalarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, «Namangan turistik-rekreatsion hududlarini rivojlantirish direksiyasi» tomonidan turistik hududlarda amalga oshirilgan ishlar va yangi loyihalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Unda Kosonsoy, Chodak, Chortoq, Rezaxsoy va Nanay hududlaridagi loyihalar, investitsiya lotlarini tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish hamda «Namangan turizm darvozasi» raqamli tizimini joriy etish taklifi ko‘rib chiqildi.
Viloyat hokimi qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, turistik hududlarga investitsiyalarni jalb qilish va tadbirkorlar muammolarini tezkor hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.









