Chortoq tumanidagi Furqat nomli madaniyat va istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda
2026-10-08 23:30:00 / Yangiliklar

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi uchun zamonaviy, qulay va mazmunli hordiq chiqarish maskanini yaratish bilan birga, tumanning sayyohlik salohiyatini yanada oshirishdan iborat.
Umumiy qiymati 34 milliard 854 million so‘m bo‘lgan loyiha asosida bog‘ hududi kengaytirilib, zamonaviy landshaft yechimlari, zamonaviy yoritish tizimi, attraksionlar hamda dam olish maydonlari barpo etilmoqda.
Qurilish ishlari "Qurilish Ziyo Building" MCHJ tomonidan olib borilmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur obyektda bo‘lib, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Viloyat hokimi obyektdagi ishlar jarayonini ko‘zdan kechirib, qurilish sifatini ta’minlash, ishlarni jadallashtirish, loyihada belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Yangilangan bog‘ nafaqat aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun zamonaviy maskan, balki tumanning sayyohlik va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiruvchi muhim obyektga aylanadi.






