YANGI UYLAR — AHOLI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
2026-10-08 14:10:00 / Yangiliklar

Ayni paytda Bog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Atlant Towers” MCHJ tomonidan 5 qavatli, 108 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p kvartirali turarjoy binosi qurilmoqda. Loyiha doirasida aholi uchun 1, 2 va 3 xonali xonadonlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan. E’tiborli jihati, barpo etilayotgan xonadonlar aholi uchun hamyonbop bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa keng qatlam aholining zamonaviy va qulay uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, hududda qo‘shimcha 400 ta xonadon barpo etish hamda mazkur hududni zamonaviy turarjoy massiviga aylantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Mazkur takliflarni amalga oshirish orqali aholi uchun yangi uy-joylar bilan bir qatorda zarur ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini kompleks ravishda rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur qurilish obyektida bo‘lib, ko‘p qavatli turarjoy binosida amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdi. Mas’ullarga qurilish jarayonlarini sifatli va tizimli tashkil etish, obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, shuningdek, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini qurilish jarayonlari bilan uyg‘un holda olib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Uychi tumani hokimligi
Axborot xizmati





