INTENSIV BOG‘DORCHILIK RIVOJI: YANGI LOYIHA HISOBIGA EKSPORT HAJMI OSHIRILADI
2026-10-07 19:50:00 / Yangiliklar

Hozirgi kunda ushbu bog‘larda gilos, shaftoli, olxo‘ri va o‘rik yetishtirilib, yiliga 1 200 tonna meva mahsulotlari xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.
Bugun viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov korxona mas’ullari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida korxona faoliyatini yanada kengaytirish, meva yetishtirish va eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, bir muddat avval korxona rahbari AyMen Abdelbari tomonidan faoliyatni kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 200 gektar yer maydoni ajratish bo‘yicha bildirilgan taklif viloyat hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida 20 million dollarlik eksportni yo‘lga qo‘yish hamda yuzlab yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Bu esa tumanda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati






