Namanganda yugurish marafoni tashkil etildi
2026-10-06 13:15:00 / Yangiliklar

Marafonda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, yoshlar, sport ixlosmandlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan 5 125 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.
Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga keng jalb etish, jismoniy faollikni oshirish hamda aholining sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Marafon ko‘tarinki kayfiyat va sportga xos do‘stona muhitda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining faolligi va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar hamda faol ishtirokchilar medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Namangan viloyati sport boshqarmasi
Axborot xizmati









