Chustdagi yirik loyihalarning qurilish jarayonlari o‘rganildi
2026-09-29 15:55:00 / Yangiliklar

Viloyat rahbariga hunarmand ustalar uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish xonalari, savdo maydonchalari, ko‘rgazma pavilyonlari va xizmat ko‘rsatish maskanlari, shuningdek, shaharcha infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, «Namangan» erkin iqtisodiy zonasi hududida «Eco basalt» MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mineral bazalt paxta ishlab chiqarish loyihasining qurilish jarayonlari bilan tanishildi.
Qiymati 53,5 million AQSH dollari bo‘lgan mazkur loyiha doirasida yiliga 50 ming tonna mineral bazalt paxta, shuningdek, kassetali sendvich panellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Korxona ishga tushirilishi natijasida 190 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Viloyat hokimi har ikki obyektda qurilish sifati va obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Mas’ullarga ishlarni jadallashtirish, qurilish materiallari va zarur texnika vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.









