Namangan shahrida yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlashga qaratilgan “1 oy — 4 mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar viloyat rahbariga taqdim etildi
2026-09-25 19:15:00 / Yangiliklar

Xususan, 41 nafar bitiruvchining bandligi ta’minlandi. Yoshlar uchun 43 ta xorijiy til to‘garagi tashkil etilib, kasb o‘rganish istagidagi 107 nafar yosh davlat “vaucher” tizimi orqali kasb-hunarga o‘qitildi.
Shuningdek, mahallalarda 256 ta madaniy-ma’rifiy va sport tadbiri o‘tkazildi, 6 ta sport maydonchasi hamda 18 ta kutubxona foydalanishga topshirildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov taqdimot bilan tanishib, kamchiliklarni bartaraf etish, loyiha qamrovini kengaytirish va yoshlarning taklif-tashabbuslari bilan ishlashni yanada kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Tadbir yakunida davlat g‘amxo‘rligida bo‘lgan 4 nafar yoshga xonadon kalitlari topshirildi. Yoshlar bilan muloqotda ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, ilm olish, kasb egallash va yangi tashabbuslarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Namangan shahar hokimligi
Matbuot xizmati





