«Toshbuloq siti»: qurilish ishlari jadal davom etmoqda
2026-09-23 10:15:00 / Yangiliklar
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan tumani Katta Toshbuloq mahallasida amalga oshirilayotgan «Toshbuloq siti» loyihasi doirasidagi ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida: 2026-yilda 6 ta 280 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylarni "PRECISION DEVELOPER" MCHJ tomonidan loyiha qiymati 80.0 mlrd so‘m evaziga qurish rejalashtirilgan.
O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati va loyihaning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi masalalari muhokama qilindi.
Mas’ullarga qurilish ishlarini o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati









