Ijtimoiy himoya: “Katta Toshbuloq”da yangi xizmat faoliyati yo‘lga qo‘yildi
2026-09-09 19:20:00 / Yangiliklar
Namangan tumani “Katta Toshbuloq” mahallasida tadbirkor Zulxumor Musaboyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yangi kun xizmati” markazi faoliyat yuritmoqda.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bu yerda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar bilan tanishdi.
Markazda ehtiyojmand fuqarolarga kunduzgi parvarish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilib, ularning kundalik hayot ko‘nikmalarini shakllantirish, reabilitatsiyasi va jamiyatga moslashuviga ko‘maklashilmoqda.
Mazkur tashabbus aholiga yaqin va sifatli ijtimoiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘lmoqda.






