Viloyat hokimi Yangiqo‘rg‘onda yangi loyihalar bilan tanishdi
2026-09-04 19:15:00 / Yangiliklar

6 gektar maydonni egallagan mazkur loyihaga 5 million dollar miqdorida investitsiya yo‘naltirilgan. 250 o‘ringa mo‘ljallangan maskan ishga tushirilishi natijasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Maskanning yillik turistik quvvati 50 ming nafar sayyohni qabul qilishga mo‘ljallangan, ularning 25 foizini xorijiy mehmonlar tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.
O‘rganishlar davomida viloyat hokimi "Qizilyozi" mahallasi hududida tadbirkor Dilmurod Shodmonov tomonidan tashkil etilgan baliqchilik xo‘jaligida ham bo‘ldi.
Bu yerda buloq suvidan foydalangan holda barpo etilgan 2 ta sun’iy hovuzda 4 mingga yaqin baliq parvarishlanmoqda.
Tadbirkor kelgusida hovuzlar sonini ko‘paytirish, baliq yetishtirish hajmini oshirishni rejalashtirgan.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati









