Meva-sabzavotni qayta ishlash — eksport salohiyatini oshirishning muhim omili
2026-09-02 16:45:00 / Yangiliklar

Xususan, “Abbasov Abdulatif Hakimxanovich” MCHJda amalga oshirilayotgan ishlar, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, xomashyo ta’minoti va eksport rejalari bilan tanishildi.
Loyiha qiymati 1,5 milliard so‘mni tashkil etib, korxonada 10 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Korxonada meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlash va tashqi bozorlarga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbirkorlik subyekti tomonidan joriy mavsum davomida 2 million AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilish maqsad qilingan.
O‘rganish davomida viloyat hokimi korxona faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hamda eksport ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati





