PAXTA MAVSUMI YAQIN — TAYYORGARLIK PUXTA BO‘LISHI KERAK
2026-08-30 14:50:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan tumani dalalarida olib borilayotgan qishloq xo‘jaligi ishlari, xususan, paxta mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Paxta terimi mavsumi yaqinlashib borayotgani inobatga olinib, mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun zarur chora-tadbirlarni oldindan belgilash, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sozlash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish va to‘liq shay holatga keltirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Viloyat hokimi mas’ullarga paxta mavsumiga tayyorgarlik ishlarini puxta tashkil etish, barcha texnika va mexanizmlarni mavsum boshlanishiga qadar to‘liq shay holga keltirish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.





