Qutlov
2024-09-08 10:55:00 / Yangiliklar

XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi para dzyudo boʻyicha ayollar oʻrtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasidagi final bahsida muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtimiz Kumush Xodjayeva natijalarga muvofiq, musobaqaning kumush medali sohibi boʻldi.
Kumush Xodjayeva 1997-yilda Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.Bir qator nufuzli musobaqalarning gʻolib va sovrindori, Sportdagi muvaffaqiyatlari uchun 2015-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib koʻrilgan.
Bugun viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Kumushxonning jahon olimpiadasidagi munosib ishtiroki bilan tabriklab, u tugʻilib-oʻsgan Sohibkor mahallasidagi xonadonga bordi. Sportchining ota-onasiga shunday matonatli farzandni tarbiyalaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi va ularga esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimligi Axborot xizmati.






