Namangan-Vitebsk hamkorligi: tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
2026-08-13 16:15:00 / Yangiliklar
Xabar berganimizdek, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiyamiz ayni vaqtda Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya «Bremino-Orsha» maxsus iqtisodiy zonasida bo‘ldi.
2019-yil 22-iyunda Vitebsk viloyati Orsha tumanida faoliyatini boshlagan maxsus iqtisodiy zona qulay geografik joylashuvga ega. Hudud multimodal sanoat-logistika majmuasi va xalqaro «Orsha» yuk aerodromini o‘z ichiga oladi. Asosan sanoat mahsulotlarini qayta ishlash, ulgurji savdo, elektron tijorat, logistika va ombor xizmatlari kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.
Ta’kidlash joiz, mazkur hududda tadbirkorlik faoliyatini yuritishga qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, maxsus huquqiy rejim doirasida soliq imtiyozlari va bojxona preferensiyalari taqdim etiladi.
Tanishuvlar davomida logistika yo‘nalishlarini optimallashtirish, muntazam yuk tashish hajmini oshirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati






