Namangan viloyati delegatsiyasi Belarusda!
2026-08-13 12:15:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi.

Dastlabki manzil Vitebsk viloyati bo‘ldi.
Vitebsk — Belarus Respublikasining shimolida joylashgan maʼmuriy hudud. Maydoni: taxminan 40,1 ming km². bo‘lib, 21 ta tumandan iborat. Vitebsk Belarusning muhim sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va logistika hududlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Novopolotsk va Polotsk atrofidagi sanoat majmualari, Vitebsk va Orshadagi ishlab chiqarish korxonalari mintaqaning iqtisodiy ahamiyatini oshiradi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Vitebsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksandr Rogojnik bilan uchrashdi.
O‘zaro muloqotda Namangan-Vitebks viloyatlari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Namangan viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati




