“Sifat tikuv servis” eksport hajmini 250 ming dollarga yetkazmoqchi
2026-08-09 13:45:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi “Sifat tikuv servis” MCHJ 2012-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 50 nafar xodimni ish bilan ta’minlab kelmoqda. Korxona “Nazzaro” brendi ostida erkaklar uchun zamonaviy uslubdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

O‘tgan 2025-yilda korxona Tojikiston Respublikasiga umumiy qiymati 150 ming AQSH dollariga teng mahsulot eksport qilgan. Joriy yilda esa ushbu ko‘rsatkichni 250 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ichki bozorga hozirga qadar 1 mlrd. so‘mlik mahsulot yo‘nalitirilgan bo‘lsa, yil oxirigacha bu raqam 1,2 milliard so‘mdan ortishi kutilmoqda.
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur korxonada bo‘lib, tadbirkor bilar muloqot qildi. Suhbat davomida tadbirkorga eksport hajmini oshirish, yangi bozorlarga kirish va ishlab chiqarish salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.






